Rossiya va O‘zbekistonning ilmiy hamkorligi kengaytiriladi

O‘zbekiston 15:16 / 10.02.2016 3068

Rossiyadagi Fan kuniga bag‘ishlab Toshkentda o‘tkazilgan davra suhbatida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Rossiya fan va madaniyat markazida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston oliygohlarining ko‘zga ko‘ringan olimlari va mutaxassislari, shuningdek, poytaxtdagi litseylar, kollejlar va universitetlar talabalari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ikki tomonlama ilmiy aloqalarni rivojlantirish borasidagi takliflar ifodalangan hisobotlar tinglandi.

Har yilning 8 fevral kuni Rossiyada Fan kuni nishonlanadi. U 1999 yilning 7 iyun kuni Rossiya Fanlar akademiyasining 275 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: