«O‘zgidromet»: O‘zbekistonda fevral oyida yanvardagi kabi issiq kunlar bo‘lmaydi

O‘zbekiston 17:17 / 10.02.2016 18706

Fevral oyida O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati xuddi yanvarda bo‘lgani kabi issiq bo‘lishi kutilmayapti. Bu haqda «Darakchi» «O‘zgidromet» xodimi Irina Zaytsevaga tayanib xabar tarqatdi.

«2015 yil Toshkent uchun eng issiq yil sifatida qayd qilinmadi. Biroq bu borada eng rekord ko‘rsatkich 2004 yildan juda kichik farq bilan ortda qoldi. 2015 yilda o‘rtacha harorat (15,8 S) 2004 yilga qaraganda 0,1 darajaga past bo‘ldi va 2010 hamda 2013 yillardagi ko‘rsatkichni takrorladi», – deydi Zaytseva.

Joriy yil qishda Surxondaryo viloyati hududida havo harorati 20-21 darajagacha ko‘tarilgan. Bu hozirgi vaqt uchun normal bo‘lgan issiqlikdan 8-10 daraja yuqori ko‘rsatkich.

«O‘zgidromet»ga ko‘ra, bunday holatlar 4-5 yilda bir marta kuzatiladi.

«Aytgancha, bu yilda eng yuqori harorat janubiy hududlarda 24-27 darajaga issiqni tashkil qildi», – deya alohida qayd etib o‘tdi Zaytseva.

Ko‘proq yangiliklar: