O‘zbekiston TIVda Yaponiya elchisi bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston 15:38 / 10.02.2016 2124

2016 yilning 10 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiya favqulodda va muxtor elchisi Fumihiko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Suhbat davomida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor jabhalari, Yaponiya bosh vazirining 2015 yil 24-26 oktabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, muloqot chog‘ida joriy yilda rejalashtirilgan O‘zbekiston-Yaponiya tadbirlarining amaliy jihatlari, jumladan turli darajalardagi tashriflar va hamkorlikning qo‘shma institutlari majlislarining muddatlari hamda, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: