Zoologlarning aniqlashicha, otlar odamlarning hissiyotlarini anglay bilish qobiliyatiga ega ekan. Jumladan, ular odamlarning qiyofasida g‘azab yoki quvonch aks etganini aniqlay olar ekan. Bu haqdagi maqola Biology Letters jurnalida chop etildi.
Britaniyalik psixologlar 28ta otga yuzlarida turli hissiyotlar aks etgan odamlarning suratlarini ko‘rsatishdi. G‘azabdor yuzlarga otlar chap ko‘zi bilan qaragan – bu ularning salbiy hislarga reaksiyasidir. Bundan tashqari, ularning yuraklari urishi tezlashgan va stres belgilari kuzatilgan.
Bundan tashqari, salbiy tuyg‘ular otlarga ijobiylariga qaraganda ko‘proq ta'sir qilishi aniqlanadi.