Moskvada Suriya Kurdistonining vakolatxonasi ish boshladi

Jahon 19:48 / 10.02.2016 3631

Rossiya poytaxti Moskva shahrida Suriya Kurdistonining vakolatxonasi ish boshladi. Bu haqda rus nashrlarida ma'lum qilingan.

Vakolatxonani ochishdan maqsad mavjud inqirozli vaziyatda Rossiya va Suriya hududida istiqomat qiluvchi kurdlarning manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi.

Kurdistonliklarning Yevropa va AQShdagi maxsus vakili Sina Muhammad buni tarixiy voqea deya atagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu vakolatxona Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tartiblari asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: