9-11 fevral kunlari Qamchiq dovonida ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
"9 - 11 fevral kunlari Qamchiq dovonida A-373 avtomobil yo‘lida qor, 50 - 100 metr uzoqlikda ko‘rinish darajasining yomonlashishi, shamol tezligining soniyasiga 20 - 25 metrgacha kuchayishi kutilmoqda", - deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabarida.
O‘tgan yilning dekabrida ham noqulay ob-havo sharoitlari tufayli dovon yopib qo‘yilgandi.
Ma'lumot uchun, Qamchiq dovonidan har kuni o‘rtacha 15-20 ming avtomobil qatnaydi. Hududdagi yo‘llarda qor yoqqan vaqtda harakatlanish qiyinlashadi va xavfli yo‘l transport hodisalari yuzaga kelishi xavfi ortadi.