Finlyandiyalik darvozabon boshidan olgan jarohati tufayli vafot etdi

Sport 14:24 / 10.02.2016 4874

Finlyandiyada futbol bo‘yicha yoshlar toifasidagi chempionat o‘yinida jamoalardan birining darvozaboni boshidan olgan jarohati tufayli vafot etdi. Bu haqda Aamuposti xabar tarqatgan.

Bu voqea 7 fevral kuni sun'iy qoplamali maydonda kechayotgan o‘yin vaqtida ro‘y bergan. Ma'lum bo‘lishicha, «Xyameenlinn» jamoasi darvozaboni «Xyuvinkyaa» jamoasi o‘yinchisi bilan to‘qnashishi natijasida yerga qulagan va uni tez tibbiy yordam mashinasi shifoxonaga olib ketgan. Lekin keyingi kuni uning joni uzilgan.

Ko‘proq yangiliklar: