Germaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida «Shtutgart»ga qarshi safar o‘yini (1:3) vaqtida Dortmundning «Borussiya» jamoasi muxlislari maydonga tennis koptoklarini uloqtirishdi.
400 nafarga yaqin dortmundlik muxlis o‘zlari chipta olgan sektorga faqat 20 daqiqada kirib kelishdi va darhol maydonga tennis koptoklarini tashlay boshlashdi. Ular o‘yinlar uchun chiptalar narxi oshganiga qarshi norozilik sifatida oldindan shunday aksiya o‘tkazishga kelishib olishgandi.
Qayd etish kerakki, «Borussiya» o‘yinlarini tribunada tik turgan holda tomosha qilish uchun chiptalar 19,5 yevrodan sotiladi. O‘yinlarni o‘rindiqlarda o‘tirib tomosha qilish uchun chiptalar bahosi esa 38,5 yevro.
Wo ist @AngeliqueKerber, wenn man sie mal braucht? Hier hätte sie schön returnieren können. ;-) #VFBBVB #Tennisbälle pic.twitter.com/LawNvNh4hL
— Bananenflanke (@dirk_adam) 9 fevralya 2016