“UAZ” yana Hunter yo‘ltanlamasini chiqara boshlaydi

Fan-texnika 15:43 / 10.02.2016 5898

“UAZ” kompaniyasi 2015 yilda ishlab chiqarishdan to‘xtatilgan Hunter yo‘ltanlamasini yana konveyerga qo‘ydi. Bu haqda avtozavodning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mashinaning konveyerga qaytarilishi xaridorlarning ko‘p sonli talablari bilan bog‘liqligi aytilmoqda. Endi Hunter xavfsizlik kamari taqilmasligi indikatori hamda orqa o‘rindiqlarda bolalar uchun ISOFIX o‘rindiqlari bilan jihozlanadi.

UAZ Hunter 2.7 l li 128 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan ta'minlanadi. Motor besh bosqichli transmissiya bilan uyg‘unlikda ishlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: