“Layli va Majnun” asari yana sahnada

Jamiyat 11:27 / 10.02.2016 5118

Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatrida “Layli va Majnun” spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Xurshid dramasi asosida Shuhrat Rizayev tomonidan qayta ishlangan asarni O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov sahnaga olib chiqdi. Bezak va dekoratsiyalar muallifi – Baxtiyor To‘rayev. Layli rolini Dilorom Abduolimova, Qays rolini Ravshan Ibrohimov talqin etgan.

Spektaklda, shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Mariyam Ixtiyorova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Aleksandr Bekjonov, Turg‘un Beknazarov, Dilorom Safoyeva turli darajadagi obrazlarni yaratishgan.

Sahna asarida mehr-muhabbat, sadoqat, sof sevgi, Qays va Laylining o‘z ahdu vafosi yo‘lidagi kurashi, chekkan zahmat va iztiroblari ta'sirchan voqealar vositasida ochib berilgan. Ayniqsa, asarda gavdalantirilgan Navoiy siymosi muayyan voqea va hodisalarga shoir munosabatini bayon etishda o‘ziga xos yangilik bo‘lgan.

Manba: uza.uz

Ko‘proq yangiliklar: