Xitoydagi jamoalardan biri "Barselona" futbolchisini transfer qilish uchun 100 mln yevro bermoqchi

Sport 12:07 / 09.02.2016 5855

"Barselona" jamoasi yarim himoyachisi Arda Turan faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin. Bu haqida Turkish-football.com xabar tarqatgan.

Xabarda futbolchiga aynan qaysi klub qiziqish bildirayotgani aytilmagan. Lekin, nashrning ma'lumotiga ko‘ra, gap Xitoy uchun rekord darajadagi 100 million yevrolik transfer haqida ketmoqda.

Futbolchining o‘ziga esa 5 yillik shartnoma taklif qilish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2015 yilning yozida "Atletiko"dan 34 mln yevro evaziga "Barselona"ga kelib qo‘shilgandi. U "Barselona"ga qo‘llangan taqiq tufayli mavsumning birinchi qismini o‘tkazib yubordi. Yangi yilda esa u to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, 2ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: