Tayvandagi zilziladan keyin 100dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda

Jahon 08:40 / 09.02.2016 2178

6 fevral kuni Tayvanda yuz bergan kuchli zilziladan keyin xarobalar hududidagi 107 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Zilzila tufayli qulagan binolar ostida qolib halok bo‘lgan 40 kishining o‘limi tasdiqlangan. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatgan.

Zilzila ro‘y bergan vaqtda orol janubidagi Taynan shahridagi 17 qavatli bino qulagach, xarobalar ostidan 213 kishi chiqarib olingan, ularning 38 nafari jonsiz holda topilgandi.

Hukumat amaldorlari ma'lum qilishicha, 6,7 balli zilziladan keyin bino ostida qolganlarning tirikligiga deyarli umid yo‘q. Vayronalarni tozalash uchun texnikalardan foydalanish masalasi muhokama qilinmoqda.

Olti oylik qizcha Tayvanda qulagan bino tagida 30 soat qolib ketgandan keyin qutqarib olindi

Ko‘proq yangiliklar: