Shveytsariya kompaniyasi "Navoiyazot" AJni modernizatsiya qiladi

O‘zbekiston 19:25 / 09.02.2016 2544

Shveytsariyaning "Casale" kompaniyasi "Navoiyazot" AJning azot kislotasi ishlab chiqaruvchi quvvatlarini modernizatsiya qiladi.

"Navoiyazot" AJ aksiyadorlari kompaniyaga "Casale" kompaniyasi bilan 177 mln dollarlik azot kislotasi ishlab chiqarishini boshidan oxirigacha qurib berish bo‘yicha yirik bitimni tuzishga ruxsat berdilar.

Loyiha azot kislotasi agregatlarini yangi energetik va texnologik uskunalar negizida majmuaviy rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutadi.

Rekonstruksiya qilish davomida konsentrlanmagan azot kislotasini ishlab chiqarish quvvatlari 1,4 barobarga, ya'ni yiliga 500 ming tonnagacha oshiriladi.

Loyiha "Navoiyazot"ning shaxsiy mablag‘lari, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi mablag‘lari, xorijiy banklar kreditlari, pudratchi tomonidan jalb qilinadigan kreditlar hisobiga moliyalashtiriladi.

"Navoiyazot" (sobiq Navoiy kimyo kombinati) 1964 yilda ishga tushirilgan va azot o‘g‘itlari, nitron tola, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Ko‘proq yangiliklar: