Rossiyaning Pskov viloyatida Mi-8 vertolyoti qulab tushish oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
"Voqea joyidan ekipaj a'zolari bo‘lgan yana 3 kishining jasadi aniqlandi", deya xabar qilgan manba. Bundan oldinroq, bu halokatning ilk qurboni jasadi topilgani haqida xabar berilgandi.
8 fevral kuni kechasi Ostrov posyolkasi yaqinida Mi-8 vertolyoti qo‘na olmasdan qulab tushgan. Norasmiy manbalarga ko‘ra, bu vertolyot Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan.
Dastlabki xabarlarda vertolyot qulashi texnik nosozlik tufayli ro‘y bergan.