Rossiyada xakerlar rubl kursini virus yordamida o‘zgartirib bankni tunashgani ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 06:58 / 09.02.2016 5821

Xakerlar 2015 yilning fevralida Qozonning "Energobank"i tizimida  rublning dollarga nisbatan kursini virus yordamida o‘zgartirib, nobozor kursi bo‘yicha 500 mln dollarlik operatsiya amalga oshirishgan, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Corkow Trojan troyan virusi jinoyatchilarga bankning kompyuter tizimi ustidan nazoratni qo‘lga olib, 15 foiz pasaytirilgan kursda valyutani sotib olishga buyruqni joylashtirishga imkon bergan. Bu valyuta sotib olinishi bilanoq, bozor kursida sotilgan, narxlar orasidagi farq esa xakerlar cho‘ntagiga tushgan.

"Energobank" topshirig‘i bilan bu kiberhujumni tergov qilayotgan Group-IB kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, antivirus dasturlari uchun ko‘rimsiz bo‘lish uchun o‘zini doimo yangilab turuvchi Corkow virusi butun dunyo bo‘ylab 250 mingta kompyuter va 100 ta moliyaviy tizimni zararlashga ulgurgan.  

Moskva fond birjasi uning valyuta savdolari tizimlari 2015 yil 27 fevralda yuz bergan voqea davomida hujumga uchramaganini ma'lum qilgan, Markaziy bank esa alohida tergov davomida bozorda valyuta firibgarliklarini aniqlamagan va bozordagi kursning tebranishini treyderlarning xatosi sababli yuzaga kelgan, deb taxmin qilgan.

Avvalroq uchta xakerlik guruhi Rossiyaning 29 ta banki va kompaniyasini buzib kirgani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: