Qozog‘istonda nogironlar uchun mo‘ljallangan avto turar joylariga politsiyachilarning mashina qo‘yish holatlari qozog‘istonlik internet foydalanuvchilarining noroziliklariga sabab bo‘lmoqda. Nur.kz nashri shu munosabat bilan norozilik bildirgan tarmoq foydalanuvchilarining internetga joylashtirgan suratlarini jamladi.
Shu bilan birgalikda, politsiyachilarning “alohida joylar”ga mashina qo‘yishga huquqi bormi-yo‘qligini aniqlash maqsadida tegishli soha mutaxassislari fikri bilan ham qiziqmoqda.
Mustaqil avtomobil kengashi rahbari Eduard Edokovning ta'kidlashicha, politsiyachi faqatgina tezkor-qidiruv tadbirlari vaqtida yo‘l harakati qoidalariga rioya etmasligi mumkin. Qolgan barcha hollarda ular oddiy haydovchilarga namuna bo‘lishlari lozim.
“So‘nggi vaqtlarda politsiyachilarning o‘zlari yo‘l harakati va mashinani qo‘yish qoidalarini buzish holatlarining ko‘p uchrayotgani achinarli”, - deya munosabat bildirgan Edokov.
,