Obama Shimoliy Koreya bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi qabul qilinishi lozimligini aytdi

Jahon 22:17 / 09.02.2016 2683

AQSh prezidenti Barak Obama Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari bilan suhbatda Shimoliy Koreya hukumatining harakatlariga qarshi ishonchli javob berishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Obama Sindzo Abe va Pak Kin Xe bilan telefon orqali suhbatda BMT Xavfsizlik kengashi Pxenyanga qarshi choralar ko‘rishni ko‘zda tutuvchi rezolyutsiya qabul qilishi lozimligini aytdi.

Avvalroq Janubiy Koreya hukumati AQSh va Yaponiya bilan birgalikda Shimoliy Koreyaga qarshi kuchli va samarali sanksiyalar qo‘llash masalasini ishlab chiqayotganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: