Merilin Monroning noma'lum fotosuratlari auksionda sotiladi

Jamiyat 20:45 / 09.02.2016 5640

Gollivudlik marhum aktrisa Merilin Monroning noma'lum fotosuratlari auksionda sotiladi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.

Suratlar artistkaning muxlisi Jyeyms Kollinz tomonidan 1950-yillarda suratga olingan. Suratlar kolleksiyasi 183 ta fotodan iborat.

Kollinz aktrisa ortidan Nyu-York bo‘ylab yurgan aktrisaning Monroe Six muxlislari guruhi tarkibiga kirgan. Monro bu guruhdagi barcha muxlislarini ismi bilan bilgan va ularga o‘zining hayotiga "kirishga" ijozat ham bergan, deb yozmoqda gazeta.

"Biz uni suratga olish yoki uning avtografini olishdan boshqa narsani istamasdik", deb aytmoqda Kollinz. Hozir u 78 yoshda. U fotosuratlarni auksionda sotishga qaror qildi. Kolleksiya 17 ming funt sterlingdan qimmatroqqa sotilishi taxmin qilinmoqda.

Kollinzning aytishicha, suratlarda Monro ikki qiyofada aks etadi: ertalab u "yoqimtoy qiz" bo‘lgan, kechasi esa "kinoyulduz"ga aylanardi.

Suratlarni sotish bilan Heritage Auctions shug‘ullanmoqda. Savdolar 20 fevralda Dallasda o‘tkaziladi.

Avvalroq Nyu-Yorkdagi auksionda Merilin Monroning rassom Endi Uorxol qalamiga mansub portreti 36 mln dollarga sotilgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: