Taniqli manekenchi Voris Ahluvoliya boshiga salla o‘rab olgani uchun AeroMexico samolyoti bortiga chiqarilmadi, deb xabar beradi BuzzFeed.
Aktyor, model va dizaynerning so‘zlariga qaraganda, aviatashuvchi xodimlari Mexiko aeroportida uning bortga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymagan, negaki u ko‘rik chog‘ida boshidan sallani yechishdan bosh tortgan.
Ahluvoliya 2013 yilda Gap brendi reklamasida tushgan birinchi sikh bo‘lgandi. Shuningdek, u “Grand Budapesht” mehmonxonasi”, “Jarjiling poyezdi. Taptortmas sayohatchilar” filmlarida suratga tushgan.
Aktyorning qo‘shimcha qilishicha, odamlar orasida sallani yechishni talab qilish uning dinida hammaning oldida yalang‘och bo‘lishni talab qilish bilan barobardir.