Mazda 237 mingta mashinasini yoqilg‘i bakidagi nosozlik tufayli ortga chaqirib oladi

Fan-texnika 18:56 / 09.02.2016 1786

Yaponiyaning Mazda avtomobilsozlik kompaniyasi AQShda 237 mingta avtomobilini yoqilg‘i baklaridagi muammolar tufayli ortga chaqirib oladi. Bu haqda avtokompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, TASS agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, bunday muammolar faqatgina 2014 va 2015 yillarda chiqarilgan Mazda CX-5 rusumli krossoverlariga taalluqli. Ta'kidlanishicha, ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yilgan bu kamchilik tufayli baklarda yoriqlar hosil bo‘lishi va uning ortidan yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.

Hozircha bu nosozlik tufayli baxtsiz hodisalar yuz bergani qayd etilmagan. Kompaniya ortga qaytarib olingan mashinalardagi nosozlikni bepulga tuzatib berishi aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: