Kanada fevralda IShIDga qarshi zarba berishni to‘xtatmoqchi

Jahon 07:19 / 09.02.2016 3271

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Kanada harbiy samolyotlari Suriya va Iroqda IShIDga qarshi zarbalar berishni to‘xtatishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Ta'kidlanishicha, Suriya va Iroqda IShIDga qarshi zarba berayotgan Kanadaning 6 ta samolyoti Kanadaga qaytadi.

Kanada ma'lumotlariga ko‘ra, IShIDga qarshi operatsiya 22 fevralda yakunlanadi. Biroq shunga qaramay, 2 ta samolyot kuzatuv va bitta samolyot yoqilg‘i quyish uchun qoldiriladi.

Shu bilan birga Iroqda kurd qo‘shinlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi kanadalik askarlarning soni 70 nafardan 200 nafargacha ko‘paytiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: