Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe AQSh prezidenti Barak Obama va Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe bilan telefon orqali suhbatlashdi, deya xabar bermoqda Reuters.
Moviy uy (Janubiy Koreya prezidenti rezidensiyasi)ning xabar qilishicha, Pak va Abe raketa parvozini amalga oshirgan Pxenyanga qarshi kuchli va samarali sanksiyalar masalasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olishdi. Xuddi shunday hamkorlik Qo‘shma Shtatlar bilan ham amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, harbiy rahbarlarning Shimoliy Koreya parvozi haqidagi ma'lumotlarni almashish bo‘yicha uch tomonlama videokonferensiya ham bo‘lib o‘tdi.