The Internet Archive notijorat tashkiloti eski kompyuter viruslariga bag‘ishlangan bo‘lim tashkil qildi. The Malware Museum’ning vazifasi o‘tgan zamonlar zararli dasturlari qanday shaklda bo‘lgani haqidagi xotirani saqlashdir.
Kolleksiya kuratori Finlyandiyaning viruslarga qarshi kurash vositalari bilan shug‘ullanuvchi F-Secure kompaniyasi vakili Mikko Xermanni Gipponendir.
78 eksponatning katta qismini 80-90 yillarda MS-DOS operatsion tizimi uchun yozilgan sodda troyanlar tashkil qiladi. Onlayn muzey mehmonlari saytda emulyatorni ishga tushirishi yoxud “qurt”ning modifikatsiya qilingan va zararsizlantirilgan versiyasini o‘z kompyuteriga ko‘chirib olishi mumkin bo‘ladi.