Germaniyaning Bavariya yerida ikki poyezd to‘qnashgan joydani "qora quti"lar topildi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Aleksandr Dobrindtga asoslangan holda Focus nashri xabar tarqatgan. Uning aytishicha, uchinchi qutini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, bu to‘qnashuv qurbonlari soni to‘qqiz nafarga yetgan. Shuningdek, 80 nafarga yaqin kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan 10 nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Poyezdlar to‘qnashuvi Bavariya yerida, Bad-aybling shahri yaqinida seshanba kuni ertalab sodir bo‘ldi. Avariya sodir bo‘lgan joyda 100ga yaqin qutqaruvchilar va shifokorlar, bir necha vertolyotlar ish olib bordi. Avariya ikki poyezd yuzma-yuz to‘qnashishi orqali sodir bo‘lgan, ulardan biri temir yo‘ldan chiqib ketgan. Fojia sabablarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Germaniyada poyezdlar to‘qnashuvi natijasida 8 kishi halok bo‘lib, 150dan ortiq kishi jarohatlandi