"GM Uzbekistan" YoAJning 2016 yil yanvarda Rossiyada sotgan avtomobillari soni 1269 tani tashkil qildi, deb ma'lum qilinmoqda Yevropa biznesi uyushmasi avtomobilsozlar qo‘mitasida. Bu ko‘rsatkich 2015 yil yanvariga nisbatan 37 foiz kamroqni tashkil qilgan.
Gentra modeli Rossiyada yanvarning eng xaridorgir avtomobillari 25 taligiga kirdi va 23-o‘rinni egalladi. Bunday mashinalardan 957 ta sotildi, 2015 yil yanvarda bu ko‘rsatkich 967 tani tashkil qilgandi.
"GM Uzbekistan"ning Rossiya bozoridagi ulushi yanvarda 1,6 foizni tashkil qildi va 2015 yildagi 1,7 foizdan 0,1 foizga kamaydi.
Umumiy hisobda Rossiyada yanvarda 81849 ta yangi yengil va yengil tijorat avtomobillari sotildi (29,1 foiz pasayish). Eng ko‘p sotilgan mashinalarning yetakchi o‘ntaligida 9 ta o‘rinni Rossiyada ishlab chiqarilgan mashina modellari egallagan.