AQSh va yana 22 ta davlat tijorat samolyotlarini ishlatishda atmosferaga uglerod dioksidi gazini chiqarishni qisqartirish masalasi bo‘yicha kelishuvga erishdilar, deb xabar bermoqda Financial Times nashri.
Yangi standartlar Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi. Bu standartlar 2020 yilda yangi modeldagi samolyotlar uchun kuchga kirishi kerak, 2028 yildan esa me'yorlarga talab bermaydigan samolyot modellari ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi.
Katta samolyotlar uchun chiqindilar miqdori 20–40 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda, buning samarasi esa kuniga yo‘llardan 140 tadan ko‘proq avtomobilni olib tashlash bilan barobar. IKAO prognozlariga ko‘ra, yangi standartlar 2020 yildan 2040 yilgacha yonilg‘ida 8,5 mlrd dollar tejashga imkon beradi.
Ta'kidlanishicha, Boeing kompaniyasi vakillari yangi standartlarga tayyor ekanliklari va ularni ijobiy baholashlarini aytganlar.
Kelishuvni imzolagan davlatlar ro‘yxati ma'lum qilinmagan. Shunisi ma'lumki, yangi standartlarni kiritish tashabbusini AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati bildirgan.