Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II London shahriga oddiy fuqarolar kabi oddiy elektrichkaga mingan holda qaytib keldi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar yozgan. Qirolicha Norfolk shahrida o‘tkazilgan bayram tadbiridan qaytishda shunday yo‘l tutgan.
Bu holat tasvirlangan suratlarda ko‘rish mumkinki, u poyezd Kins-Linn bekatidan qo‘zg‘alishini besh daqiqa davomida boshqalar qatori birinchi klass vagonidagi joyida o‘tirib kutib turgan. Poyezd Londondagi Kings-Kross bekatigacha 1 soatu 40 daqiqa davomida yurgan.
Kins-Linn bekati boshlig‘i Grem Prettning aytishicha, u qirolichaning Norfolkdagi taassurotlari haqida so‘ragan va undan kutilmagan darajadagi yoqimli javob olgan.
Gazetada qayd etilishicha, Yelizaveta II Buyuk Britaniya temir yo‘llari xizmatidan foydalanib turadi.