Yevropa kengashi raisi Donald Tusk Rossiya Qurolli kuchlarining Suriyadagi aviazarbalari Suriyadagi shundoq ham og‘ir vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Rossiyaning Suriyadagi harbiy kampaniyasi Bashar Asadning jinoiy tuzumiga qo‘l kelmoqda, chunki u o‘rtamiyona muholifatdan hududlarni tortib olib, mamlakatdan minglab qochqinlarni Yevropaga haydamoqda", deb aytdi Tusk.