Britaniyalik mechkay 18 daqiqa ichida 3 kg quymoqni paqqos tushirdi

Jamiyat 22:01 / 09.02.2016 5342

Britaniyalik Adam Moran 3 kg quymoqni yeb bitirish uchun 18 daqiqayu 41 soniya sarfladi. Bu haqda Metro xabar tarqatgan.

Bu jarayon tasviri YouTube portaliga BeardMeatsFood nomi bilan joylashtirilgan. Moran bu harakatini "Quymoqlar kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan aksiyada amalga oshirgan.

Qirollikning bu fuqarosi har yili o‘tkaziladigan "20 daqiqa ichida 20ta quymoq" tanlovida ishtirok etib keladi. U endilikda bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich egasiga aylandi. U 20ta quymoqni paqqos tushirish uchun 18 daqiqani yetkazdi va har bir quymoqni yeyish uchun o‘rtacha 54 soniya sarfladi.

Nashrning yozishicha, bunday tezlik bilan 1 soatda 66ta quymoqni yeb tugatish mumkin.

Aktsiya ishtirokchilariga quymoqlar bilan birgalikda muzqaymoq va ichimliklar berilgan.

G‘olib bo‘lgan Moranga maxsus futbolka kiydirilgan.

Bundan oldinroq, ispaniyalik Adria Vegrzin Vals shahridagi tanlovda g‘olib bo‘lish uchun 3 kg piyoz iste'mol qilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, 2015 yilda xotdogxo‘rlar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionat g‘olibi Mett Stouni 12 pint (deyarli 5,7 litr) muzqaymoqni 35 daqiqayu 40 soniya ichida yeb rekord o‘rnatgan.

Ko‘proq yangiliklar: