Google bosh direktori Sundar Pichai 199 mln dollar miqdoridagi yillik bonus oldi, deya xabar bermoqda Bloomberg.
Mazkur bonus to‘g‘risidagi qaror Google`ga egalik qilayotgan Alphabet Inc. korporatsiyasi tomonidan qabul qilingan. Biroq Pichai ushbu pullardan darhol foydalana olmaydi. Bonus unga kompaniya aksiyalari ko‘rinishida (jami 273 mingta aksiya) taqdim etilgan bo‘lib, faqat 2019 yilda - top-menejyer Google`da ishlashni davom ettirsagina boylikka ega chiqishi mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, mazkur mukofot kompaniya tarixida ilk bor taqdim etilmoqda. Pichai bonusga ega bo‘lgan taqdirda, dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan top-menejyerga aylanadi.
Google`ning moliyaviy birektori Rut Porat esa xuddi shunday shartlar bilan 38,3 million dollar miqdoridagi bonusga ega bo‘ldi.
Ayni paytda Alphabet Inc. kapitalizatsiyasi 560 mlrd dollardan oshgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich bilan dunyodagi eng qimmat Apple kompaniyasidan o‘zib ketishi mumkin.
Bundan avvalroq esa Alphabet dunyoning eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, unga bir kungina egalik qilgan edi. Google`ni ham o‘z ichiga olgan Alphabet xoldingi bir kechada 3 foiz aksiyasini yo‘qotib, birinchilikni Apple kompaniyasiga qaytadan topshirgan edi. Bu vaqtda esa Apple`ning holatida o‘zgarish bo‘lmadi.