Argentinaning Entre-Rios viloyati hududidagi trassada yo‘lovchi avtobusi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida transport vositasi ag‘darilib ketishi tufayli 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda ABC Color xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, qurbonlarning 3 nafari bolalar. Bundan tashqari, ushbu yo‘l transport hodisasi 30 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan. Ularning ba'zilari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Bu avtobus Paragvaydagi kompaniyaga tegishli bo‘lgan va u Argentina poytaxti Buenos-Ayresga yo‘l olgandi.
Dastlabki ma'lumotlarda aytilishicha, avtobus yomg‘irli yo‘lda chetdagi to‘siqqa borib urilgan va ag‘darilgan.