Amerikalik investorlar APL ishtirokchisi «Everton»ni sotib olish bo‘yicha kelishuvning oxirgi bosqichida turishibdi.
The Telegraph nashrining xabar qilishicha, AQShdagi konsorsium joriy mavsum oxiriga qadar barcha rasmiyatchilik ishlarini bajarib bo‘ladi va bu haqida rasman ma'lumot beradi. Xabarda yozilishicha, amerikaliklar «Everton»ning 51 foizlik aksiyalaridan iborat nazorat paketi uchun 200 million funtga yaqin mablag‘ berishadi.
Shundan so‘ng, «Everton»ning yangi egalari «Gudison Park» o‘yingohini to‘liq qayta ta'mirdan chiqarishi yoki yangi o‘yingoh qurishi mumkinligi aytilgan.
Bundan oldinroq, Amerikalik sarmoyadorlar Devid Blitser va Josh Xarris Angliya premer ligasining "Kristal Pelas" jamoasi aksiyalarining nazorat paketini qo‘lga olishmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Amerikalik sarmoyadorlar Angliyada yana bir top klubni tashkil qilishmoqchi