«'»: Rossiyada turk kapitalidagi yirik bank sotuvga qo‘yildi

Iqtisodiyot 07:55 / 09.02.2016 4304

Rossiyada Turkiya bilan munosabatlar yomonlashuvi va mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz fonida turklar kapitali bilan faoliyat ko‘rsatib kelgan «Kredit Yevropa Bank» banki sotuvga qo‘yildi. Bu haqda «Kommersant'» xabar bergan.

Bank bozoridagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, yanvar oyidan buyon bank uchun xaridor izlanmoqda. Boshqa bir manba ma'lumotiga ko‘ra esa, bu ish bilan Morgan Stanley investbanki shug‘ullanmoqda.

Qayd etilishicha, turkiyalik tadbirkor Husni Mustafo O‘zyyegin nazoratida bo‘lgan bu bank Rossiyada 1994 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelgan. 2007 yilgacha bu bank nomi «Finansbank» edi.

Morgan Stanley va «Kredit Yevropa Bank» bu xabarlarga rasmiy munosabat bildirmagan.

Yanvar oyi oxirida Vladimir Putin Turkiyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishi haqida gapirib o‘tgandi.

O‘z navbatida Rosselxoznadzor Turkiyadan keladigan barcha mahsulotlarga taqiq qo‘yishga tayyorligini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: