Yosh bokschilarimiz Qirg‘izistondagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘lishdi

Sport 14:18 / 08.02.2016 2734

Qirg‘izistonda o‘tkazilgan xalqaro a'naviy boks turnirida mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari ham munosib qatnashishdi va sovrinli o‘rinlarni egallashdi.

Turnirning vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilari o‘rtasidagi bahslarida ringga chiqqan Isroil Madrimov qozog‘istonlik Abay To‘lesh, Nursultan Janaboyev va turkmanistonlik Arslonbek Ochilovni yengib, finalga chiqdi. Hal qiluvchi bellashuvda Isroil yana bir qozog‘istonlik bokschi Nurjan Jakanga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Sardor Muzaffarov jamoadoshi Sherbek Rahmatullayev, qirg‘izistonlik Bayaman Alimbekov, jazoirlik Fahem Xammachiy va iroqlik Jafar Ali Abdulridha ustidan g‘alaba qozonib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Eng og‘ir (+91) vazn toifasida ringga chiqqan hamyurtimiz Ulug‘bek Mubinov ham ikkinchi o‘rinni egalladi.

Vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida qatnashgan Jasurbek Latipov bronza medal bilan taqdirlandi.

Ko‘proq yangiliklar: