Rossiyaning UAZ avtomobilsozlik kompaniyasi o‘zining avtomobillari uchun yangi emblemasini namoyish qildi. Bu yangi logotipni oladigan birinchi model modernizatsiya qilingan Patriot yo‘ltanlamasi bo‘ladi.
Ulyanov avtomobil zavodi o‘zining 75 yillik tarixi davomida o‘z logotipini 10 dan ko‘proq marta o‘zgartirgan.
Yangi logotip "UAZ"ning an'analari va tarixi bilan bog‘liqlikni meros qilgan holda hamda shu bilan birga zamonaviy ko‘rinish va xromlangan fakturaga ega hajmli belgi ko‘rinishida ishlangan.
Yangi "Patriot" 2016 yilning ikkinchi yarmidan ishlab chiqarila boshlanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, model barqarorlashtirish tizimi, kruiz-kontrol, xavfsizlik yostiqchalari va o‘zga ko‘rinishdagi asboblar paneli bilan jihozlanadi.