2016 yilda O‘zbekiston meva-sabzavotchilikni rivojlantirish ishiga Jahon bankiga qarashli Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 14 mln dollar miqdoridagi mablag‘ni yo‘naltiradi.
2015 yil aprelida Jahon banki va O‘zbekiston hukumati 150 mln dollarlik qarz to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan edi. Unga ko‘ra, tiklanish va taraqqiyot banki meva-sabzavotchilik sektorini moliyalashtirishi ko‘zda tutilgan edi.
Ushbu sohada ishlayotgan fermerlarning texnologiyalarga egalik qilishi, tegishli bilimlarni olishi va bozorlarga chiqishi osonlashadi. Agrosanoat sektoridagi texnik va boshqaruv salohiyati oshiriladi, yangi mahsulotlar ishlab chiqarila boshlaydi.