Oq “Spark”li “ucharlar” qo‘lga tushdi

Jamiyat 17:20 / 08.02.2016 12614

“Ogoh” gazetasining yozishicha, joriy yilning 23 yanvar kuni bir necha oydan beri ko‘cha-ko‘yda ayollar sumkasi, tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab, mayda bezorilik bilan shug‘ullanib, voqea joyidan oq rangli, davlat raqami bo‘lmagan “Spark” avtomashinasida qochib qolayotgan shaxslar qo‘lga olingan. 

Ma'lum bo‘lishicha, 23 yanvar kuni PPXB 2-bataloni 1-otryad haydovchisi, safdor Nodir Adilov va tungi xizmatga jalb etilgan sherigi—Olmazor TIIB HOOB profilaktika inspektori, katta leytenant Zufar Kuchchiyev bilan Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasida turgan oq rangli "Spark" mashinasiga davlat raqam belgisini taqayotgan ikki kishini ko‘rishadi.

Tegishli tartibdagi surishtiruv chog‘ida o‘zini shubhali tutgan, so‘zlari telma-teskari va yolg‘on gaplari fosh bo‘lgan Olmazor tumanida yashovchi bu ikki fuqaro tuman IIBga olib boriladi. Buning yana bir sababi bor edi: so‘ngi paytlarda “Spark” avtomashinasida jinoyat sodir etib, voqea joyidan juftakni rostlayotgan jinoyatchilar qidirilayotgandi.
Surishtiruv-tergov jarayonlarida topilgan ashyoviy dalillar, guvohlar asosli ko‘rsatmalaridan so‘ng, ikki “uchar” yigit o‘z aybini tan oldi. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv-tergov ishlari davomida ularning boshqa kirdikorlari ham fosh bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, ularga avvalgi jinoyatlari uchun jazo berilgan, biroq bundan tegishli xulosa chiqarishmagan.

Ko‘proq yangiliklar: