Manba: «Lester Siti» TsSKA hujumchisi uchun 30 mln yevro taklif qildi

Sport 19:30 / 08.02.2016 3501

«Lester Siti» jamoasi Moskvaning TsSKA jamoasining nigeriyalik hujumchisi Ahmad Musa uchun qiziqishda davom etmoqda. Mirror nashrining yozishicha, inglizlar jamoasi qishki transferlar vaqtida uni o‘z tarkibiga qo‘shib ola olmagan bo‘lsada, uni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishishdan umid uzmayapti.

Yanvarda "tulkilar" rahbariyati Musa uchun 20 mln yevro taklif qilgandi. Ularning 25 mln yevrodan iborat ikkinchi taklifi ham moskvaliklar tomonidan rad etildi.

«Lester Siti» yozgi transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirish uchun Musani 30 mln yevro evaziga xarid qilishni rejalashtirgani aytilgan.

Qayd etish kerakki, bu jamoa ayni vaqtda APLning turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda va mavsum yakunida kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini saqlab qolsa, keyingi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Musaning o‘zi boshqa klubga o‘tishga qarshi emas, faqatgina uning shartnomasida belgilab qo‘yilgan 30 mln yevro to‘lansa u Angliyada faoliyatini davom ettirishi mumkin. 23 yoshli futbolchining TsSKA bilan kelishuvi 2019 yilga qadar mo‘ljallangan.

Qishki transferlar vaqtida unga «Sauthempton» jamoasidan ham qiziqish bildirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: