"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal "Chelsi"ga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan o‘yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi. U o‘z o‘rniga "Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino olib kelinishi haqidagi xabarga qanday munosabat bildirilishi haqida so‘ralganida bu savolga o‘ta keskinlik bilan javob qaytardi.
"Mourino "MYu"ga kelishi mumkinligi haqidagi xabarlarni qayerdan oldingiz? Vudvord ("MYu"ning vitse-prezidenti - tahririyat) bilan gaplashdingizmi? Yoki Gleyzerlar (jamoaning asosiy aksiyadorlari - tahririyat) bilanmi? Unday emasmi? Yaxshi. Unda, nima uchun biz siz to‘qib chiqargan mish-mishlarga munosabat bildirishimiz kerak?
Men (jurnalistlardan biriga yuzlanib) ham ertaga sizning ishdan bo‘shatilishingiz haqida ommaviy ravishda e'lon qilaman. Shunda nima bo‘ladi? Sizning ayolingiz, o‘g‘lingiz va qarindoshlaringiz bu xabarni eshitib qanday ahvolga tushishadi?", - deya yozg‘iradi van Gaal.
Ayni vaqtda "MYu" 25 turdan keyin 41 ochko bilan beshinchi o‘rinda (birinchi o‘rindagi "Lester"dan 12 ochko kam) joylashgan.
Van Gaal: Meni 3 marta «iste'foga chiqarishdi», lekin men hali ham «MYu»daman
Lui van Gaal: «MYu» Mourino bilan muzokara o‘tkazayotganiga ishonmayman
Van Gaal matbuot anjumani vaqtida jurnalistlardan uzr so‘rashni talab qildi