BMW kompaniyasining subbrendi bo‘lgan BMW i Mr Porter riteyleri bilan birgalikda cheklangan adadda elektromobil ishlab chiqardi. WWD portalinnig ma'lum qilishicha, mashina 170 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. U 7.2 sekundda 100 km/soat tezlikka erisha oladi.
Mashina kuzovi to‘q ko‘k rangda ishlangan. Boshqa ma'lumotlar hozircha yo‘q. Elektromobil 18 fevraldan faqat Buyuk Britaniya hududida sotuvga chiqariladi. Uning narxi 63 ming dollarni tashkil qiladi. Kelajakda mashina boshqa bozorlarga ham chiqarilishi mumkin.