2015 yili O‘zbekistonda 382 km avtomobil yo‘llari qurildi

O‘zbekiston 12:02 / 08.02.2016 3199

2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsion va yo‘l-transport infrastrukturasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi doirasida 2015 yili O‘zbekistonda 240 km temir yo‘llarini rivojlantirish, 382.4 km avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish borasidagi ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, 2015 yili 155.9 km lik Maroqand-Qarshi temir yo‘l uchastkasining elektrifikatsiyasi hamda Samarqand-Qarshi temir yo‘l liniyasi uchastkasida yo‘lovchi poyezdlarning yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish bo‘yicha ishlar yakunlandi
Yangi elektrlashgan Angren-Pop temir yo‘l liniyasi qurilishi faol sur'atlarda davom etmoqda: o‘tgan yilda Angren stansiyasidan tunnelning g‘arbiy (40 km) va sharqiy portaligacha (64 km) bo‘lgan uchastkani elektrlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: