2015 yilda O‘zbekistonda xizmatlar ko‘rsatish sohasida 14 foizlik o‘sish qayd etildi

Iqtisodiyot 10:28 / 08.02.2016 2710

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligining 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotda keltirilishicha, o‘tgan yilda xizmatlar ko‘rsatish sohasida 14 mingta yangi obekt tashkil etildi.

Bu ishlar 2012-2016-yillarga mo‘ljallangan xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilgan.

Ma'lum qilinishicha, bu ishlar natijasida aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 14 foizga oshdi, ushbu sohaning YaIM tarkibidagi ulushi 2014 yildagi 54,0 foizdan 2015 yil yakunlariga ko‘ra 54,5 foizgacha oshdi.

O‘tgan yilda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (115,4 foiz), moliyaviy xizmatlar (130 foiz), turistik xizmatlar (115,9 foiz), sog‘liqni saqlash xizmatlari (117,3 foiz), maishiy xizmatlar (117,5 foiz) eng yuqori sur'atlar bilan rivojlandi.

Ko‘proq yangiliklar: