15 mingga yaqin xususiy tadbirkor soliq tekshiruvlaridan ozod qilindi

O‘zbekiston 19:22 / 08.02.2016 6221

O‘zbekistonda 14,716 ming xususiy tadbirkor 2016 yildagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilindi, deya xabar bermoqda Sputnik agentligi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayangan holda.

“Mazkur tadbirkorlar 2016 yilgi tekshiruvlar reja-jadvalidan chiqarilganlar ro‘yxatiga kiritildi. Ular soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lagani, shuningdek, barqaror taraqqiyot sur'ati va ishlab chiqarishdagi rentabelligi sababli tekshiruvlardan ozod qilindi”, - deyiladi xabarda.

Yillik reja-jadvali Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Yil davomida kengash qaroriga muvofiq, tekshiruvlar reja-jadvaliga turli o‘zgartishlar kiritilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: