Jahondagi yirik neft kompaniyalari xom ashyo narxining tushib ketayotgani manzarasida inqirozdan saqlanib qolish maqsadida taraqqiyot strategiyasini o‘zgartirmoqda, deya xabar tarqatdi Reuters.
Jumladan, o‘tgan 2015 yilda kompaniyalar milliardlik loyihalardan voz kechgan holda o‘z xarajatlari miqdorini sezilarli darajada kamaytirdi. Shuningdek, ayrim tashkilotlar faoliyatning ba'zi bir ko‘rinishi yoki alohida hududlar uchun ixtisoslashuvlarni amalga oshirdi.
Jumladan, Amerikaning Chevron, ConocoPhillips va Hess Corp kompaniyalari chuqur suv osti konlaridagi ishlanmalardan voz kechib, slanetsli neftga urg‘u qaratdi.
Britaniyaning VR kompaniyasi esa Misrning gaz shelflariga mablag‘ tikdi. Qayd etilishicha, kompaniya mazkur loyihaga 12 milliard dollar sarmoya kiridi. Royal Dutch Shell esa o‘z raqobatchisi BG Group`ni 50 milliard dollar hisobiga xarid qilish orqali kelajagini ta'minlashni maqsad qilgan.