Torres «Atletiko» uchun 100-golini urgach, futbolkasini o‘zini klub akademiyasiga olgan ustoziga taqdim etdi

Sport 20:55 / 07.02.2016 3451

«Atletiko» hujumchisi Fernando Torres «Eybar»ga qarshi kechgan uchrashuvda gol urib, madridliklar tarkibidagi gollari sonini 100taga yetkazib oldi.

O‘yindan so‘ng hujumchi futbolkasini 84 yoshli Manolo Brinyasuga taqdim etgan. Bu inson o‘z vaqtida «Atletiko» futbol akademiyasiga mas'ul bo‘lgan va Torresni jamoa maktabiga olgan edi. O‘shanda hujumchi 10 yoshda bo‘lgan.

Torres hamon Brinyasni o‘z faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan inson deb biladi.

Ko‘proq yangiliklar: