NATO bosh kotibi Shimoliy Koreyaning raketa uchirganini qoraladi

Jamiyat 19:56 / 07.02.2016 3442

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg yakshanba kuni KXDR tomonidan amalga oshirilgan ballistik raketa parvozini qoralab chiqdi, deyiladi alyans rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda.

“Men Shimoliy Koreyaning ballistik texnologiyani qo‘llagan holda raketa uchirganini keskin qoralayman”, - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 7 fevral kuni mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan kosmodromdan raketa uchirdi. Mazkur parvozdan ko‘zlangan maqsad koinotga sun'iy yo‘ldosh uchirilishdan iborat ekani ma'lum qilinganiga qaramasdan, tashuvchi raketaning ballistik texnologiyaga asoslangani ko‘plab yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar noroziliga sabab bo‘lmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: