BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirishi bilan bog‘liq ravishda navbatdan tashqari favqulodda yig‘ilishini boshladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, uchrashuv Nyu-Yorkda mahalliy vaqt bilan soat 11.00da (Toshkent vaqti bilan 21:00) boshlangan. Yig‘ilish yopiq tartibda o‘tmoqda.
Venesuelaning BMTdagi doimiy vakili Rafael Ramires maslahatlashuvlar davomida matbuot uchun bayonot ma'qullanishini ma'lum qildi. BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Jyeffri Feltman Xavfsizlik kengashining matbuot-anjumanida tashkilot nomidan ishtirok etadi.
Bu yig‘ilish 2016 yilda Shimoliy Koreya bilan bog‘liq tarzda o‘tkazilayotgan ikkinchi yig‘ilishdir. Avvalgisi Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani sababli o‘tkazilgandi.