BMT Xavfsizlik kengashi KXDR harakatlariga "jamoaviy javob" qaytarishga tayyor

Jahon 17:20 / 07.02.2016 3935

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filip Hammond BMT Xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan raketa uchirilishiga javob tariqasida birgalikda javob qaytarishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

“BMT Xavfsizlik kengashi bir ovozdan kelgusidagi parvozlar va yadro sinovlariga qarshi jiddiy choralarni ko‘rishga kelishib oldi. Biz sheriklarimiz bilan jamoaviy javobni ko‘rib chiqish uchun Nyu-Yorkda yig‘ilamiz”, - dedi Hammond.

Shimoliy Koreya tomonidan tashuvchi-raketaning uchirilishi jahon hamjamiyati tomonidan salbiy kutib olindi. Raketa uchirilishi haqida ma'lumot olinganidan so‘ng Janubiy Koreya, AQSh, Xitoy va Rossiya darhol KXDR harakatlarini qoraladi.

Ko‘proq yangiliklar: