Endi Qozog‘iston tangasida Markaziy bank raisining imzosi qo‘yilmaydi

Jahon 00:44 / 05.02.2016 4573

Qozog‘iston milliy valyutasi – tangada endi Markaziy bank raisining imzosi qo‘yilmaydi. Qozog‘iston prezidenti tegishli o‘zgarishlarni kiritish haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Kazpravda.kz portali.

Tegishli moddaga ko‘ra, qog‘oz pullarning oldi va orqa tomoni pullar tayyorlangan vaqtdagi Qozog‘iston Milliy bankining raisi imzosiga ega bo‘lishi kerak edi. Endi bu qoida qonunchilikdan istisno qilindi.

Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: