2015 yilda Qirg‘izistonga import hajmi 59,3 foizga qisqardi. Bunday ma'lumotlar Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmati yalpi yig‘ilishida o‘qib eshittirildi.
O‘tgan yil natijalariga ko‘ra mamlakatning import hajmi 3 mlrd 393,8 mln dollarni tashkil qilgan. Bu 2014 yildagidan 2 mlrd 326,8 mln somga kamroqni tashkil qilgan. 2015 yilda Qirg‘izistonga vazn ko‘rinishida 4 mln 514,9 ming tonna yuk olib kirilgan.
"Uchinchi davlatlardan Qirg‘izistonga mahsulotlar importi pul ko‘rinishida 2015 yilda 2 mlrd 138,4 mln dollarni tashkil qilgan va bu 2014 yildagiga nisbatan 65,6 foiz yoki 1 mlrd 122,9 mln som kamroqni tashkil qilgan. Bu tendensiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi uchun xos bo‘lmoqda. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, uchinchi davlatlardan 2015 yilning yanvar-noyabr oylarida import hajmi 186,6 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2014 yilga nisbatan import hajmi 35,9 foizga yoki 104,4 mlrd dollargacha qisqarib ketgan", deyilmoqda hisobotda.